Oʻzbekiston delegatsiyasi Bryusselda narkotiklar boʻyicha “YEI – Markaziy Osiyo” muloqotida ishtirok etdi

19:31 13 Dekabr 2023 Siyosat
425 0

Belgiya poytaxtidagi Yevropa Ittifoqi kengashida narkotiklar boʻyicha “YI – Markaziy Osiyo” muloqoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Sadirdin Boydedayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiya, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining giyohvandlikka qarshi kurash idoralari, shuningdek, mintaqamiz davlatlarining Yevropa Ittifoqidagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etishdi. Yevropa tomonidan YIga aʼzo davlatlar, Gorizontal narkotiklar ishchi guruhi (HDG) vakillari, Yevropa komissiyasi, Yevropa tashqi harakatlar xizmati, Narkotiklar va giyohvandlik boʻyicha Yevropa monitoring markazi (EMCDDA) va YEVROPOL xodimlari qatnashdi.

Narkotiklar boʻyicha “YI – Markaziy Osiyo” muloqoti — bu xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va narkotiklar boʻyicha davlatlar siyosatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muntazam koʻp tomonlama uchrashuv hisoblanadi. Ushbu muloqot Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va YI oʻrtasidagi sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash va mintaqaviy hamda xalqaro darajada xavfsizlikka hissa qoʻshishga qaratilgan.

Uchrashuv ishtirokchilari YI va Markaziy Osiyo mintaqasi, shuningdek, qoʻshni Afgʻonistondagi narkotik moddalar bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqaviy hamkorlik masalalari, jumladan, Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish boʻyicha KADAP dasturi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Hozirgi kunda mintaqa mamlakatlarida narkotik vositalariga talabni kamaytirish boʻyicha samarali siyosatni ishlab chiqishga koʻmaklashish boʻyicha ushbu YI dasturining 7-bosqichi amalga oshirilmoqda.

YI kengashiga raislik qilayotgan Ispaniya va 2024-yil yanvar oyida raislikni oʻz zimmasiga oladigan Belgiya vakillari oʻz davlatlarining narkotiklar va boshqa transmilliy tahdidlarga qarshi kurashda hamkor mamlakatlar bilan oʻzaro aloqalarni rivojlantirishdagi ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berishdi.

Oʻzbekiston va mintaqadagi qoʻshni davlatlar delegatsiyalari narkotik moddalarning noqonuniy tarqalishiga qarshi kurashish va ulardan foydalanishni qisqartirish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilishda faol ishtirok etishdi.

Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi global miqyosda ekanini inobatga olgan holda, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari uchun ushbu muammoga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor tajriba almashishni davom ettirish va bu borada amaliy hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер