Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo qanday?
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni oʻrganishni davom etadi.
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 14 aprel holatidagi narxlari
Mol goʻshti
28 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol goʻshti 28 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda.
Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da kuzatildi. 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.
Eng qimmat Andijon viloyati Yangi shahar dehqon bozorida,Urganch shahar Markaziy dehqon bozori – 38000 – 40000 soʻm.
Qoʻy goʻshti
28 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha
Poytaxt bozorlarida 1 kg. qoʻy goʻshti 28000 – 40000 ming soʻmgacha sotilmoqda.
Eng arzon narx – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), 1 kg. qoʻy goʻshti narxi 28000 – 40000 soʻm.
Eng qimmat narx – Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) 1 kg. qoʻy goʻshti 34 000 – 45 000 soʻm.
Tovuq goʻshti
12 000 soʻmdan 20 000 soʻmgacha
Eng qimmat narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida - 18000 – 20 000 soʻm
Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 soʻm
Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq goʻshtini oʻrtacha 17000 soʻmdan xarid qilish mumkin.
Guruch
3 000 soʻmdan 15 000 soʻmgacha
Oʻtgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.
Bu haftada baʼzi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.
Eng qimmat narx – Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozorida 6000 – 15000 soʻm.
Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 3000 – 14000 soʻm.
Oʻsimlik yogʻi
8 500 soʻmdan 12 500 soʻmgacha
Eng arzon Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozorida, Fargʻona markaziy bozorida ”Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri)– 8500 – 10 000 soʻm.
Eng qimmat narxlar ”Mirobod” dehqon bozori va Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri) - 12500 soʻmgacha
Un
1 500 soʻmdan 4 000 soʻmgacha
Unning narxi baʼzi bozorlarda arzonlashgan.
Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da – 1 kg. 1-navli un 1500 soʻmdan 2000 soʻmgacha.
Eng qimmat narx narxlar – Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, 2 700 – 4000 soʻm.
Shakar
4 300 soʻmdan 5 500 soʻmgacha
Eng qimmat narx – Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da 5000-5500 soʻm.
Eng arzon narx– Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 4300 – 5200 soʻm.
Tuxum
300 soʻmdan 650 soʻmgacha
Eng arzon narx Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 300 soʻmdan 550 soʻmgacha.
Eng qimmat Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da 650 soʻmgacha.
Kartoshka
1 100 soʻmdan 3 000 soʻmgacha
Kartoshkaning narxi baʼzi bozorlarda arzonlashgan.
Eng arzon narx – Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 1100 soʻmdan 2500 soʻmgacha.
Eng qimmat narx-”Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da bozorida 1 kg. kartoshka 3000 soʻmgacha.
Pomidor
5000 soʻmdan 17 000 soʻmgacha
Eng arzon narx – Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 5000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha.
Eng qimmat narx– Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozori 5000 – 17 000 soʻmgacha.
Xoʻjalik sovuni
1 500 soʻmdan 3 500 soʻmgacha
Eng arzon narx– Jizzax shahri markaziy dehqon bozori 1 000 soʻmdan 3500 soʻmgacha.
Eng qimmat narx– Namangan shahri ”Sardoba” dehqon bozori, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori 3000 – 3500 soʻmgacha.
Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xoʻjalik sovunini 3000 soʻmdan xarid qilish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring