Oʻzbekiston Bosh vazirining Gruziyaga tashrifi boʻlib oʻtdi

16:26 19 Iyul 2023 Siyosat
550 0

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tbilisiga rasmiy tashrif bilan borib, Gruziya hukumati rahbari Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida oʻzaro hurmat va hamkorlik tamoyillariga asoslangan turli sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Irakliy Garibashvili 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida ikki tomonlama tovar ayirboshlashda sezilarli oʻsish kuzatilganini, Gruziya Oʻzbekiston Respublikasini muhim hamkor deb bilishini, investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha hamkorlikdan manfaatdor ekanligini hamda oʻzbek investorlarni Gruziyada kutib olishdan mamnun ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Bosh Vazirlar Gruziyaning tranzit salohiyati va oʻrta koridorni rivojlantirishning ahamiyatini muhokama qildilar.

Tashrif yakunida tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2023−2024-yillarga moʻljallangan Harakat dasturini imzoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер