Oʻzbekiston – Belarus: hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiya aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi boʻlib oʻtdi

20:00 30 Yanvar 2026 Siyosat
625 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha komissiya aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi doʻstona va oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, oliy va yuqori darajadagi kelishuvlar ijrosini taʼminlash, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni parlament tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun Komissiyaning muntazam yigʻilishlarini oʻtkazish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер