Oʻzbekiston banklari faolligi reytingi eʼlon qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilning III choragi uchun “Banklar faolligi indeksi”ni hisoblab chiqdi va uning asosida banklar reytingini yangiladi.
Davlat ulushiga ega yirik banklar orasida ikkita bank — “Xalq bank” va “Agrobank”, xususiy banklardan “Infinbank” oʻz pozitsiyalarini bir vaqtning oʻzida ikki punktga yaxshiladi. “Ipoteka bank” umumiy reytingda uchta pozitsiya yoʻqotib, mamlakatdagi banklar orasida 10 oʻrinni egallab turibdi.
Kichik banklar orasida toʻrtta bank – “Universal bank”, “TBC bank”, “Tenge bank” va “Poytaxt bank” – umumiy hisobda bittadan pozitsiyalarini yoʻqotgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring