Oʻzbekiston bananni eng koʻp Ekvadordan import qilgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonga 112,3 ming tonna banan import qilingan.
Banan importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 53,2 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:
— Ekvador – 111,4 ming tonna;
— Qozogʻiston – 426 tonna;
— Turkiya – 197 tonna;
— Hindiston – 144 tonna;
— Qirgʻiz R. – 99 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring