Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgan?
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 134,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5 026 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 925 taga kamaygan.
2 oyda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 2540 ta
— Koreya – 2081 ta
— AQSH – 217 ta
— Yaponiya – 58 ta
— Gonkong – 56 ta
— Germaniya – 36 ta
— BAA – 12 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring