Oʻzbekiston aholisi soni 33 milliondan oshdi

10:14 15 Oktyabr 2018 Jamiyat
3014 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga koʻra 33,085 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manba axborotiga koʻra, aholi soni yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 foizga oʻsgan. Maʼlumotlarga koʻra, shahar aholisi soni 16,728 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 16,357 million kishini (49,4 foiz) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, 2018 yil 1 oktyabr holatiga koʻra, eng koʻp aholi soni Samarqand viloyatida 3,777 million kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni) va Fargʻona viloyatida 3,665 million kishini (11,1 foiz), aksincha, eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 825,8 ming kishini (2,5 foiz) va Navoiy viloyatida 969,7 ming kishini (2,9 foiz) tashkil etdi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori oʻsish surʼati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,2 foizni, Samarqand viloyatida 2,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 2,0 foizni, Jizzax va Namangan viloyatlarida 1,9 foizni va Toshkent shahrida 1,8 foizni, aksincha, eng kam oʻsish surʼati Toshkent viloyatida 1,2 foizni, Qoraqalpogʻistonda 1,4 foizni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston aholisi soni 32 mln 900,1 ming kishini tashkil qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер