O’zbekiston Afg’oniston samolyotlarini ta’mirlab beradi

12:14 10 Aprel 2018 Iqtisodiyot
2070 0

Mamlakatimizning “Uzbekistan Airways Technics”(UAT) aviakorxonasi Afg’oniston samolyotlariga texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko’rsatadi. 

O’zbekiston tashqi savdo vazirligida Afg’oniston transport vaziri Muhammad Hamid Taxmasi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda bu boradagi kelishuvga erishildi. Bu haqida mezbon vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O’zbekiston tomoni, shuningdek, Afg’oniston aviatsiyasi sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ko’maklashadi.

Eslatib o’tamiz, UAT uzoq yillardan beri samolyotlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayapti.

Ayni paytda mazkur korxona mahalliy va xorij aviakompaniyalarining barcha rusumdagi havo laynerlariga servis xizmatlarini ko’rsatish uchun zarur texnik baza va yuqori tajribali kadrlarga ega bo’lib, bu erda yiliga kamida o’nta samolyot qaytadan taxt holiga keltiriladi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер