Oʻzbekiston 9 oyda qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 9,5 mln. AQSH dollariga teng qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan.
Xurmo eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 8,2 ming tonna;
Qozogʻiston – 6,5 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 553 tonna;
Turkmaniston – 422 tonna;
Belarus R. – 206 tonna;
Mongoliya – 4,4 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring