Oʻzbekiston 7 oyda 90,8 ming tonna karam eksport qilgan — UzStat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston 15 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 16,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 90,8 ming tonna karam eksport qilgan.
Karam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,1 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 59,1 ming tonna
Rossiya – 20,8 ming tonna
Ukraina – 5,0 ming tonna
Belarus – 2,8 ming tonna
Qirgʻiz R. – 1,9 ming tonna
2021-yilning 7 oyida eng koʻp karam eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 32,4 ming tonna
Xorazm viloyati – 10,3 ming tonna
Surxondaryo viloyati – 7,0 ming tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring