Oʻzbekiston 6 oyda xorijdan qancha mobil telefon import qilgani maʼlum qilindi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati 94,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 mln. dona mobil telefonlar import qilgan.
Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,0 mln. donaga oshgan.
Oʻzbekiston 11 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
Oʻzbekiston mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 896,4 ming dona;
Vyetnam – 257,5 ming dona;
BAA – 148,8 ming dona;
Hindiston – 48,6 ming dona;
Qozogʻiston – 45,0 ming dona;
Rossiya – 967 dona;
Koreya – 700 dona.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring