Oʻzbekiston 6 oyda 747 tonna muzqaymoq import qilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 747 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254 tonnaga oshgan.
Oʻtgan 6 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
— Rossiya – 475 tonna
— Qozogʻiston – 203 tonna
— Qirgʻiz R. – 18 tonna
— Litva – 18 tonna
— Belorus – 17,4 tonna
— Fransiya – 14,2 tonna
Oʻzbekistonda 2021-yilda 10,9 ming tonna muzqaymoq ishlab chiqarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring