Oʻzbekiston 52 ta davlatga toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar fevral oylarida qiymati 519,4 mln AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 14,3 % ini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 % ga oshgan.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (37,4 %), kalava-ip (47,7 %) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar fevral oylarida 496 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan.
Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:
— Kalava-ip – 247,8 mln;
— Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 194,4 mln;
— Trikotaj mato – 42,8 mln;
— Gazlamalar – 26,8 mln;
— Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring