Oʻzbekiston 40 ta davlatga qariyb 35 ming tonna uzum eksport qilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 40 ta xorijiy davlatga qiymati 33,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 35 ming tonna uzum eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 7,4 ming tonnaga kamaygan.
Oʻtgan 7 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp uzum eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 8,6 ming tonna
Qozogʻiston – 7,7 ming tonna
Xitoy – 4,9 ming tonna
Qirgʻiz R. – 3,0 ming tonna
Turkiya – 2,1 ming tonna
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning 7 oyida eng koʻp uzum eksport qilgan hududlar:
Samarqand viloyati – 12,1 ming tonna
Fargʻona viloyati – 7,7 ming tonna
Toshkent viloyati – 3,6 ming tonna
Namangan viloyati – 2,1 ming tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring