Oʻzbekiston 4 oyda 64,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan mis quvurlar eksport qilgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 64,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan mis quvurlar eksport qilgan.
Mis quvurlar eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnadan oshgan.
Oʻzbekiston 4 oyda eng koʻp mis quvurlarini eksport qilgan davlatlar:
— Turkiya – 4,2 ming tonna;
— Rossiya – 1,8 ming tonna;
— Qozogʻiston – 292 tonna;
— Qirgʻiz R. – 159 tonna;
— Belarus R. – 121 tonna;
— Ozarbayjon – 118 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring