Oʻzbekiston 24 ta davlatdan choy import qilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 31,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 23,6 ming tonna choy import qilgan.
Choy importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:
Xitoy – 19,7 ming tonna;
Keniya – 1,2 ming tonna;
Eron – 614 tonna;
Hindiston – 439 tonna;
Indoneziya – 378 tonna;
Shri-Lanka – 334 tonna;
Rossiya – 258 tonna;
BAA – 190 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring