Oʻzbekiston 23 ta davlatdan choy import qilgan

11:14 28 Mart 2023 Iqtisodiyot
414 0

Foto: Arxiv surat

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 9,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 6,7 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga oshgan.

2 oyda Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 5 ming tonna;

— Eron – 568,7 tonna;

— Keniya – 490 tonna;

— Hindiston – 221 tonna;

— BAA – 107,5 tonna;

— Rossiya – 90 tonna;

— Shri-Lanka – 78 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер