“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida muhim yoʻnalishlar belgilandi

16:13 12 Sentyabr 2023 Jamiyat
324 0

2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi. Bunda, tuman va shahar byudjetlariga tushadigan soliq tushumlarining bir qismi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi;

Tashabbusli byudjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish uchun Davlat byudjetidan 10 trillion soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion soʻm yoʻnaltiriladi;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sugʻurtalashda sugʻurta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi;

“Izlanish va rivojlanish” markazlari tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatga mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan summa miqdorining 1 foizini toʻlash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash tartibi joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер