Oʻzbekiston 2025-yilda qariyb 1,6 mln tonna un eksport qilgan
2025-yilda Oʻzbekiston 5 ta xorijiy davlatga qiymati 441,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 1,6 mln tonna bugʻdoy uni eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
2025-yilda Oʻzbekiston bugʻdoy uni yetkazib bergan davlatlar:
- Afgʻoniston – 1 590 193 tonna;
- Tojikiston – 607 tonna;
- Qirgʻiz Respublikasi – 356,4 tonna;
- Turkmaniston – 174 tonna;
- Qozogʻiston – 29,7 tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 473,3 ming tonnaga yoki 42,3 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring