Oʻzbekiston 2022-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta yoʻnalish roʻyxatiga kirdi
“Forbes” jurnali Oʻzbekistonni 2022-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta yoʻnalish roʻyxatiga kiritdi.
Nashrning qayd etishicha, Oʻzbekistonda YUNESKOning butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari va qadimiy buyuk ipak yoʻli shaharlariga sayohat qilish imkoniyati borligi bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, unda Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlaridagi tarixiy binolar va sayyohlik salohiyatining oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berilgan.
Ushbu reyting mualliflar tomonidan 2020-yilgacha sayohat uchun eng mashhur yoʻnalishlar asosida tuzilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring