Oʻzbekistonda 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat tashkilotlari xodimlari, rahbarlar va ularning oila aʼzolari daromadlari majburiy deklaratsiya qilinishi mumkin

13:08 23 Iyun 2021 Jamiyat
3781 0

«Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihalari muhokamaga qoʻyildi.

Loyihalarda:

“Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri”ni yuritish;

2022-yil 1-yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etish;

Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq roʻyxatini belgilash;

korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;

2021–2022-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturini tasdiqlash;

daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik oʻrnatish;

korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni oʻtashda yengillashtiruvchi normalar qoʻllanilishiga cheklovlar belgilash va boshqa shu kabi korrupsiyaga qarshi keskin choralarni qonunchilikka kiritish nazarda tutilmoqda.

Loyihalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

 

https://regulation.gov.uz/uz/d/46830

https://regulation.gov.uz/uz/d/46843

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер