Oʻzbekiston 10 ta davlatga gilam sotgan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 10 ta xorijiy davlatga qiymati 12,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,4 mln AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp gilam eksport qilgan asosiy davlatlar (AQSH dollarida):
— Qirgʻiz R. – 6,8 mln
— Tojikiston – 1,5 mln
— Ozarbayjon – 1,3 mln
— Rossiya – 1,2 mln
— Afgʻoniston – 750 ming
— Qozogʻiston – 340 ming.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring