Oʻzbekiston 10 oyda 106 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40 % ga oshgan.
2022-yilning 10 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 36,2 %;
— Rossiya – 24,1 %;
— Braziliya – 14,7 %;
— Belarus – 4,3 %;
— Pokiston – 2,0 %;
— Ekvador – 1,6 %;
— Xitoy – 1,5 %;
— Turkiya – 1,4 %;
— Hindiston – 1,3 %;
— Indoneziya – 1,1 %;
— Boshqa davlatlar – 11,8 %.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring