Oʻzbek qizi jahon rekordini yangilab, jahon chempionatining uchta oltin medaliga ega chiqdi
AQSHning Las-Vegas shahrida davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Kumushxon Fayzullayeva mutlaq jahon chempioni degan nomni qoʻlga kiritdi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.
-64 kg vaznda ishtirok etgan Kumushxon dast koʻtarishda 93 kg toshni oʻziga boʻysundirgan boʻlsa, siltab koʻtarishda 122 kg toshni koʻtara oldi va oʻzi tomondan oʻrnatilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon rekordini yangiladi. Shuningdek, u umumiy 215 kg natija qayd etib, bu borada ham jahon rekordchisiga aylandi.
Uchchala turda ham birinchi natijani koʻrsatgan, Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining uchta oltin medalini oʻziniki qilib oldi.
Eslatib oʻtamiz, bunga qadar -55 kg vaznda Ogʻabek Nafasov ikkita kumush, -49 kg vaznda qatnashgan Nigora Abdullayeva uchta oltin va -73 kg vaznda Asadbek Narimonov bitta oltin va ikkita kumush medallariga ega chiqqandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring