Oʻzbek olimlari koronavirus RNKsini tez ajratish usulini topishdi

08:50 03 Iyul 2020 Jamiyat
1403 0

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari COVID-19 RNKsini ajratishga moʻljallangan diagnostik toʻplam ishlab chiqishdi. Bu haqda OʻzFA matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu toʻplam oʻziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi, qulayligi va arzonligi kabi ustunliklarga ega. U akademiyaning Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

“SARS-CoV-2 virusi RNKsini ajratishga moʻljallab ishlab chiqilgan ushbu toʻplam dunyoda ishlab chiqariladigan analoglari bilan taqqoslanganda sezgirligi, oʻziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi (1 soat), qulayligi va arzonligi (kamida 30 foizga arzonroq) kabi ustunliklarga ega”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, uning klinik sinovlari Sogʻliqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida oʻtkazilgan va ijobiy natijalarni koʻrsatgan.

U “ENKOR” nomi bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan va keng koʻlamda ishlab chiqarish uchun ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, ushbu toʻplam yordamida gepatit V, gepatit S, odam immun tanqisligi virusi (VICH) RNK/DNKsini ajratish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер