Ozarbayjonning Basgal shahrida Turkiy davlatlar Yoshlar va sport vazirlarining 7-yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda
Mazkur tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov ham ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlar va sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi.
Taʼkidlash kerak, Turkiy davlatlar Yoshlar va sport vazirlarining 7-yigʻilishida yosh tadbirkorlar forumi, yoshlar platformasi, xalqaro yoshlar festivali, xalqaro yoshlar lageri, yosh liderlar forumi, kabi bir qator nufuzli tadbirlar tashkil qilish, qolaversa Turkiy ijodkor yoshlarni ragʻbatlantirish markaziga asos solish, sportning bir necha yoʻnalishlarida mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring