Ozarbayjon Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

13:15 21 Iyun 2022 Siyosat
995 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun boʻlib oʻtadi. Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Ularning natijalari boʻyicha sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi, energetika, ilm-fan va innovatsiyalar, turizm va boshqa sohalarga doir ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Ertaga Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер