Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida Oʻzbekistonga keldi

16:24 22 Avgust 2024 Siyosat
355 0

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi / Telegram

Bugun, 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan soʻng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер