Ozarbayjon prezidenti Armaniston bilan tinchlik oʻrnatishning asosiy shartini maʼlum qildi
Foto: Globallookpress.com
Boku Armaniston bilan tinchlik shartnomasini imzolay olmaydi, chunki ushbu mamlakat konstitutsiyasida Togʻli Qorabogʻ bilan birlashish toʻgʻrisidagi hujjatga havolalar mavjud. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ikkinchi Shusha global mediaforumida aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Mustaqillik deklaratsiyasini oʻz ichiga olgan Armaniston Konstitutsiyasi Ozarbayjon uchun hududiy xavf tugʻdiradi, chunki unda Yerevanning Togʻli Qorabogʻ bilan birlashish istagi rasman mustahkamlangan.
Shu bilan birga, Aliyevning taʼkidlashicha, Ozarbayjonning Armanistonning asosiy qonunini oʻzgartirish talabi uning ichki ishlariga aralashish sifatida qabul qilinmasligi kerak. Uning eslatishicha, mamlakat konstitutsiyasi xalqaro shartnomalardan ustundir va shuning uchun bunday bandning mavjudligi ikki davlat oʻrtasida tinchlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi.
Ozarbayjon rahbari tinchlik bitimi matni ustida ish hanuz davom etayotganini, 80-90 foizga kelishilganini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring