“Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta majburiyatlarini toʻlab berolyaptimi?
Illyustrativ foto
“Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan oʻtgan yilda qariyb 3 million 100 ming dona sugʻurta shartnomasi rasmiylashtirildi. Sugʻurta himoyasiga olingan barcha obyekt boʻyicha majburiyatlar 56,9 trillion soʻmlikdan oshdi.
Bu haqda “Oʻzagrosugʻurta” AJ matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilindi.
Hisobot davrida 178,0 milliard soʻmlik sugʻurta mukofotlari taʼminlangan boʻlib, uning 66,2 milliard soʻmligi majburiy va 111,8 milliard soʻmligi ixtiyoriy sugʻurta turlariga toʻgʻri keladi. Jamiyat tomonidan olingan sugʻurta majburiyatlari doirasida jami 65,6 milliard soʻmlik sugʻurta tovonlari toʻlab berildi. Bugungi kunda kompaniya investitsiya portfeli hajmiga eʼtibor qaratsak, ushbu koʻrsatkich 2018 yil 31 dekabr holatiga 115.4 milliard soʻmlikni tashkil etadi.
Kompaniya tomonidan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholiga ajratilayotgan kreditlarni imtiyozli, qulay sugʻurta tariflari asosida sugʻurtalash ishlari amalga oshirilgan boʻlib, 6020 ta sugʻurta shartnomasi imzolandi va 108 milliard soʻmlik sugʻurta majburiyatlari olindi.
Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun respublika tashqarisiga chiqadigan mehnat migrantlarini sugʻurtalashga oid yangi sugʻurta mahsulotlari joriy etildi hamda oʻtgan yilda 7 milliontadan ortiq sugʻurta polislari sotildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring