Oʻz uyida qimorxona tashkil qilgan gʻijduvonlik shaxslar fosh etildi

09:44 06 Aprel 2023 Jamiyat
471 0

2023-yil 2-aprel kuni soat taxminan 01:30 larda Gʻijduvon tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Sarvari” mahallasida yashovchi, 1975-yilda tugʻilgan H.F. shu qishloqda yashovchi jiyani 1998-yilda tugʻilgan R.O. bilan oldindan til biriktirib, oʻz yashash xonadonida 7 nafar fuqarolarni yigʻib, moddiy manfaat koʻrish evaziga qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyin tashkil qilganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida qimor oʻyini oʻtkazilayotgan joydan jami 1.846.000 soʻm pullar hamda “DBK” yozuvlari tushirilgan 2 dona qutida boʻlgan qimor oʻynash uchun moʻljallangan kartalar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер