Oʻz tajribalaringizni boshqalar bilan boʻlishing, yaxshilik qiling va qimmatbaho sovgʻaga ega boʻling!

17:35 08 Aprel 2020 Jamiyat
1006 0

Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) hamkorlikda oilalardagi munosabatlarni yana-da yaxshilash, ota-onalar va farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, buva-buvilar va nabiralar oʻrtasidagi muloqotni faollashtirish hamda ibratli oilaviy anʼanalarni keng targʻib etish, shuningdek, oʻsmirlarda murakkab vaziyatni foydali harakatlarga yoʻnaltirish, oʻz-oʻzini rivojlantirish, yangi bilim va taʼlim olish uchun vaqtdan samarali foydalanish layoqatini yuksaltirish maqsadida

“Karantinni qanday oʻtkazyapmiz?”

nomli videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov ikki yoʻnalishda tashkil etiladi. Yaʼni barcha aholi qatlamlari uchun “Karantin paytida uyda, oila davrasida vaqtni qanday oʻtkazyapmiz?” mavzusida hamda oʻsmirlar uchun “Maqsadimga erishish yoʻlidagi gʻoyalarim” yoʻnalishida oʻtkaziladi.

Tanlovga mobil telefon, yuqori aniqlikdagi videokamerada suratga olingan va tanlov mavzusiga mos boʻlgan, 2 daqiqadan oshmagan, oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida tayyorlangan videomahsulotlar 2020-yil 1-apreldan 25-mayiga qadar qabul qilinadi.

Tanlov uchun tayyorlangan videorolik materiallar YUNFPAning Facebook sahifasigi messendjeriga https://www.facebook.com/UNFPA.Uzbekistan/ sahifasiga joylashtirilib, unda ishtirokchining ismi va videorolik mavzusi koʻrsatilishi yoki videoning Youtubedagi manzili yuborilishi lozim.

Tanlov natijalariga koʻra har bir yoʻnalishda uchta eng yaxshi, jami 6 ta material tanlab olinadi va ikki yoʻnalish boʻyicha 1, 2 va 3-oʻrinlar sohiblari noutbuk, planshet va smartfonlar bilan taqdirlanadi.

Tanlov gʻoliblari 2020-yil 1-iyun kuni eʼlon qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер