OTMlarda kirish imtihonlar 1-avgustdan boshlanadi
Bugun, 15-iyun kuni AOKAda oʻtkazilgan brifingda bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev kirish imtihonlari oʻtkazilish sanasi qachonga rejalashtirilayotgani haqida maʼlumot berdi.
“Joriy yil kirish imtihonlari 1-avgustdan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Hozir eng muhim qilinadigan ish abiuriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularning hujjatlarini oʻrganib chiqish va imtihonlarni boshlab olishdan iborat boʻlmoqda”, dedi Behzod Musayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring