OTMga kirish uchun test sinovlari 58 ta stadion va xiyobonda boʻlib oʻtadi
DTM xabariga koʻra, test sinovlarini oʻtkazish uchun 58 ta stadion va xiyobon tayyorlanmoqda.
Bunda:
— 1 smenada 1 614 ta guruhda 48 420 nafar;
— 1 kunda (2 smenada) 3 228 ta guruhda 96 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
Test sinovlarining ochiq va shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida xalq taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarining 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlari guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring