Oʻtkir Yusupov “Navbahor”ga qaytdi
Foto: “Navbahor” FK
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Fulad” klubi darvozaboni Oʻtkir Yusupov faoliyatini Namanganning “Navbahor” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Tajribali darvozabon Oʻtkir Yusupov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Unga yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin oʻyinlar namoyish etib, yana avvalgidek “lochinlar”ning zafarlariga oʻzining munosib hissasini qoʻshishiga tilakdoshmiz”, — deyiladi manba xabarida.
Maʼlumot uchun, Oʻtkir Yusupov faoliyati davomida “Mashʼal” (Muborak, 2012–2013-yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2014–2015-yillar), “Neftchi” (Fargʻona, 2016–2017-yillar), “Qoʻqon – 1912” (Qoʻqon, 2018-yil), “Navbahor” (Namangan, 2019 – 2024-yilning 1-davrasi), “Fulad” (Ahvoz, Eron, 2024-yilning 2-davrasi, 2025-yil) jamoalarida oʻynagan.
Shuningdek, u 2018-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qoʻriqlab, terma jamoamizning JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring