Oʻtgan uch oyda 4 million xonadonning bir kunlik isteʼmoliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan
Energetika vazirligi shtabi tomonidan 2022-yilning yanvar-mart oylari davomida isteʼmolchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilindi.
Oʻtkazilgan tadbirlarda, oʻtgan 3 oyda respublika boʻyicha 765 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya etmagan holda 28 million 398 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari aniqlangan. Buning natijasida, gaz taʼminoti korxonalari manfaatlariga 25 milliard 831 million soʻm zarar yetkazilgan.
Ushbu miqdordagi tabiiy gaz 4 million xonadonning bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi – Fargʻona, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlarida aniqlangan.
Aniqlangan barcha holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring