O'tgan olti oyda odil sudlovni amalga oshirishda kamchiliklarga yo'l qo'yganligi sabab 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan — Sudyalar oliy kyengashi

14:15 03 Avgust 2023 Jamiyat
520 0

Bu haqda АOKАda o'tkazilgan brifingda Sudyalar oliy kyengashi ahborot hizmati rahbari Tursunali akbarov ma'lum qildi.

Sudyalar oliy kyengashi - sudyalar hamjamiyatining organi bo'lib, O'zbyekiston Ryespublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadi.

Ochiqlik printsipi Kyengash faoliyatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi.

Shundan kyelib chiqib, profyessional suyalar korpusini shakllantirish, sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlash jarayoniga zamonaviy ahborot kommunikatsiya tyehnologiyalari joriy etilganidan jamoatchilikning habari bor. Tayinlovlar ochiq tanlov shaklida o'tkazilash orqali ochiqlik va shaffoflik ta'minlanmoqda.

Sudyalarni tayinlash, joy-joyiga qo'yish, bo'sh lavozimlar uchun ochiq va oshkora o'tkazilgan tanlovlar natijasida  o'tgan olti oyda 133 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlandi. Ularning 55 nafari sudyalik lavozimida bo'lishning navbatda 10 yillik muddatiga, 3 nafari muddatsiz davrga, 72 nafari vakolati muddati davriga yuqori va boshqa sudyalik lavozimlariga, 3 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlarga oid ochiq tanlovlarda vakolat muddati tugagan 6 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq dyeb topildi.( shu o'rinda izoh: joriy yilning 1 iyul holatiga sud tizimida vakant o'rinlar soni 31 ta (2,3 %) ni tashkil etadi, 2020 yil 1 iyul holatida vakat o'rinlar soni 238 tani (17,1 %) tashkil etgan).

Sudyalik lavozimiga tanlov va tayinlovlarda gyendyer tyenglikni ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan qisqa davrda sohada faoliyat yuritayotgan ayol sudyalar soni ko'payib, 181 nafarga yetdi. Ularning 26 nafari tizimda rahbarlik lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda. Gyendyer tyenglikni ta'minlash dyeganda faqat tanlov va tayinlovlar bilan chyeklanayotgani yo'q. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning o'zi alohida mavzu. amalga oshirilayotgan ishlar natijasi sifatida Sudyalar oliy kyengashi  “Gyendyer tyenglik faoli – 2022” milliy tanlovining “Gyendyer tyenglikni ta'minlashda eng faol ryespublika darajasidagi davlat organi” nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'lganini aytsak, nokamtarlik bo'lmas.

Sudyalar oliy kyengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida bugungi kunda 139 nafar sudyalikka nomzodlar tahsil olmoqda.  O'tgan olti oyda  ushbu dargohda 107 nafar sudya, 84 nafar sud hodimlari malaka oshirdi. 

Tizimda korruptsiya holatlarining oldini olish va sudyalar dahlsizligini ta'minlash ham Sudyalar oliy kyengashining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

O'tgan olti oyda sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning dahlsizligiga ta'sir o'tkazishga urinish holatlari bo'yicha Sudyalar oliy kyengashi raisi tomonidan Bosh prokuraturaga 3 ta taqdimnoma kiritildi. Buning natijasida 1 ta jinoyat ishi qo'zg'atildi, 2 ta holat o'rganilmoqda.

2023 yilning o'tgan olti oyida faoliyatida kamchiliklarga yo'l qo'ygan 128 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari,

— 12 nafar sudya odil sudlovni amalga oshirishda kamchiliklarga yo'l qo'yganligi hamda Sudyalar odobi kodyeksi talablariga rioya etmaganligi uchun; 

— 11 nafar sudya o'z arizasiga ko'ra; 

— 1 nafari sudya boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan;

 — jami 22 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Sudyalar oliy kyengashi tomonidan ishga tushirilgan sudyalar faoliyati samaradorligini ochiq va shaffof baholash bo'yicha milliy elyektron ryeyting dasturi inson omilisiz ularning faoliyatini holis baholashga hizmat qilmoqda. Ryeyting ko'rsatgichlari va samaradorlik ko'rsatkichi yuqori bo'lgan 20 nafar sudya Pryezidyent Farmoni asosida ta'sis etilgan “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi. 37 nafar sudya va sud fahriylariga “Sud fahriysi” ko'krak nishoni topshirildi. Samaradorlik ko'rsatkichi qoniqarsiz (56 balldan past) bo'lgan 27 nafar sudyaning malakasini oshirish bo'yicha komplyeks choralar ko'rildi.

Bundan tashqari Kengash tomonidan sudyalikka nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron psixologik test dasturi ham ishga tushirildi. Joriy davrda 120 nafar sudya psixologik test topshirdi. Uning natijalaridan kelib chiqib, joylarda sudyalar uchun psixologik treninglar o‘tkazib kelinmoqda.

Sudyalar oliy kengashi huzurida tashkil etilgan O‘zbekiston Sudyalar klubi faoliyati ham yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston sudyalar klubi sudyalarning o‘zaro muloqot asosida sudyalar malakasini oshirish va yagona sud amaliyotini joriy etishga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda. Sudyalar klubining onlayn forumida sudyalar tomonidan sud amaliyotidagi holatlar bo‘yicha 10 mingdan ziyod mavzuda 259 mingdan ortiq xabarlar, fikr va mulohazalar qoldirilgan. Bildirilgan taklif va mulohazalar, mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan sudyaning mustaqilligi va daxlsizligi, sud ishlariga arashlashganlik uchun javobgarlik asoslari, shuningdek, sudlarda davlat bojini belgilash va undirish masalalariga oid huquqiy qo‘llanmalar tayyorlanib, ularning elektron shakllari Kengash veb-saytiga joylantirildi. 

Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan tizimda badiiy ijod bilan shug‘ullanadigan sudyalar uchun “Ijodkor sudyalar klubi” tashkil etildi. Ayni paytda badiiy ijod bilan ham shug‘ullanib kelayotgan sudyalarning mashqlaridan iborat to‘plam tayyorlanmoqda. “Ma’naviyat bo‘lmagan joyda adolat bo‘lmaydi” tamoyilidan kelib chiqib, sudyalar uchun “Ibrat maktabi” sifatida tizimda uzoq yillar halol va samarali faoliyati ko‘rsatgan tizim faxriylarining hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi “Uch mashhur o‘zbek ayoli”, “Munosib yashamoq baxti” kitoblari nashr etilgan edi, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. 
 
Joriy yilning o‘tgan olti oyida davomida ikkita yoqimli yangilik yuz berdi. Birinchisi – Kanadaning Ottava shahrida bo‘lib Sudyalar malakasini oshirish xalqaro tashkilotining (IOJT) konferenseyasida Sudyalar oliy kengashi mazkur xalqaro tashkilot a’zoligiga qabul qilindi. Hozirgi kunda Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Estoniya, Koreya, Qozog‘iston, Indoneziya va Kanada Respublikalari sudlari bilan huquqiy hamkorlik o‘rnatilmoqda. 
 
Ikkinchi yangilik: shu yilning may oyida Marokash qirolligida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ayol sudyalar assotsiatsiyasining XVI konferensiyasida tizim tarixida birinchi marta O‘zbekiston ayol sudyalari delegatsiyasi ishtirok etdi. Yakunda o‘zbekistonlik uch nafar ayol sudya mazkur xalqaro tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер