Oʻtgan yili qancha elektromobil import qilingani ochiqlandi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 16,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 809 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi 2020-yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga oshgan.
2021-yilda Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
— Xitoy – 724 ta
— Turkiya – 24 ta
— AQSH – 22 ta
— Litva – 13 ta
— Germaniya – 12 ta
— Koreya – 5 ta
— Ispaniya – 2 ta
— Rossiya – 2 ta
— Ukraina – 2 ta
— BAA – 2 ta
— Gongkong – 1 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring