Oʻtgan yili eksportda qaysi hududlar yetakchi boʻlgani aytildi

14:05 12 Mart 2026 Iqtisodiyot
366 0

2025-yilda Oʻzbekistonning eksport hajmi 33,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻtgan yilgi eksport hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich, Toshkent shahrida qayd etilib, poytaxtda yil davomda 6,6 mlrd dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. Undan keyingi oʻrinda 2,2 mlrd dollarlik koʻrsatkich bilan Toshkent viloyati ikkinchi, 1,4 mlrd dollarlik eksport koʻrsatkichi bilan Navoiy viloyati uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, 2025-yil davomida Andijon viloyatida 1,3 mlrd dollar, Samarqand viloyatida 1,2 mlrd dollar, Fargʻona viloyatida 1,1 mlrd dollar, Namangan viloyatida 722,6 mln dollar, Qashqadaryo viloyatida 513,5 mln dollar, Surxondaryo viloyatida 507,5 mln dollar, Xorazm viloyatida 435,7 mln dollar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 435,2 mln dollar, Buxoro viloyatida 414 mln dollar, Sirdaryo viloyatida 283,1 mln dollar hamda Jizzax viloyatida 272,3 mln dollar qiymatga ega mahsulotlar eksportga chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер