Oʻtgan yili 2 700 dan ortiq fuqarolar internet firibgarlarining qurboniga aylangan

15:37 07 Fevral 2022 Jamiyat
760 0

Ogohlantirishlarga qaramasdan ayrim fuqarolar bank plastik kartalaridagi mablagʻlarini firibgarlarga berib qoʻymoqdalar.

IIV xabariga koʻra, oʻtgan yilning oʻzida 2 700 dan ortiq fuqarolar internet firibgarlarining qurboniga aylangan. Bu raqamlar ichki ishlar idoralariga qilingan murojaatlar tahlili xolos.

Shu munosabat bilan IIV ogohlantirish bilan chiqdi.

"Tushuning, plastik kartalari boʻyicha telefoningizga kelgan SMS kodlarni hech kimga berish mumkin emas. Ushbu kodlarni soʻrashga ham hech kimning haqqi yoʻq. SMS kodlarni faqat firibgarlar soʻraydi.

Sizdan SMS kodini soʻragan odam FIRIBGAR. Shuni doim esingizda tuting va ogoh boʻling. Mehnat qilib topgan pullaringizni, firibgarlarga topshirib qoʻymang" deyiladi murojaatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер