Oʻtgan yilda qariyb 70 mingta xonadon foydalanishga topshirildi
2025-yilda Oʻzbekistonda jami 69,1 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida foydalanishga topshirilgan xonadonlar soni boʻyicha Namangan viloyati birinchilikda qayd etilib, hududda 10,8 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 6,7 mingta koʻrsatkich bilan Toshkent viloyati ikkinchi, 6,1 mingta xonadon bilan Surxondaryo viloyati uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Shuningdek, yil davomida Fargʻona viloyatida 5,9 mingta, Xorazm viloyatida 5,9 mingta, Toshkent shahrida 5,9 mingta, Buxoro viloyatida 5,6 mingta, Andijon viloyatida 4,8 mingta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4,6 mingta, Qashqadaryo viloyatida 4,1 mingta, Samarqand viloyatida 3,5 mingta, Jizzax viloyatida 2 mingta, Navoiy viloyatida 2 mingta hamda Sirdaryo viloyatida 0,6 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 2,4 mingtaga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring