Oʻtgan 9 oyda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 523,6 mln AQSH dollarlik tashqi savdo bitimlari tuzilgan

16:58 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
721 0

AOKAda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"AJ rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tizimda amalga oshirilgan ishlarning 9 oylik yakunlari va istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi.

2023-yil 9-oylik yakunlariga koʻra Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 4% ga oʻsib, 103,3 trln soʻmni tashkil qildi.

Tuzilgan bitimlarning qariyb 70% birja savdolariga, qolgan qismi, yaʼni 30% elektron tijorat savdo tizimlariga toʻgʻri kelgan.

2023-yil yanvar-sentyabr oyida birjaning davlat xaridlari boʻyicha xarid.uzex.uz elektron savdo tizimida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 23% ga oshib, 30,4 trln soʻmni tashkil qildi.

Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilari mablagʻlarining tejalishi 35,4% ga oʻsib, 5,2 trln soʻmga teng boʻldi.

2023-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali sotiladigan avtoraqamlarning boshlangʻich narxlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер