Ota-ona mehriga muhtoj bolalarga gʻamxoʻrlik masalalari yanada kuchaytiriladi
Illyustrativ foto
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda ota-ona mehriga muhtoj bolalarga gʻamxoʻrlik masalalari koʻrib chiqildi.
Bugungi kunda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni eʼtibordan chetda qoldirmaslik uchun keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Shunga qaramay, quyi boʻgʻindagi eʼtiborsizlik oqibatida joylarda qarovsiz qolib ketgan bolalar aniqlanayotgani qayd etildi. Hozirda ularga vasiylik belgilanmoqda.
Shuningdek, ota-onasi migratsiyada boʻlgan, noqulay ijtimoiy muhitdagi oilalarda tarbiyalanayotgan, ruhiy-jismoniy rivojlanishida xususiyatlari bor bolalarga yordam tizimini takomillashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shugʻullanishi belgilandi.
Ular ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar bola oldidagi majburiyatini qay darajada bajarayotganini monitoring qilib, baholab boradi.
Buning uchun hokimliklar huzuridagi Vasiylik va homiylik komissiyalari tugatilib, ularning vakolati “Inson” markazlariga oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring