Osiyo oʻyinlari: Oʻzbekiston delegatsiyasi 45 mamlakat orasida faxrli 5-oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Atletlarimiz bu galgi musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medal qoʻlga kiritib, 45 mamlakat orasida faxrli 5-oʻrinni egalladi. Bu Oʻzbekiston delegatsiyasining Osiyo oʻyinlari tarixida medallar sifati va soni boʻyicha eng yaxshi natijasi boʻldi.
Shubhasiz, bunday koʻrsatkich Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan sportni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, har bir sport turining rivojiga qaratilayotgan eʼtiborning samarasi boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring