Osiyo kubogi U-20. Oʻzbekiston Indoneziyani 3:1 hisobida magʻlub etdi
Foto: OʻFA
Bugun, 16-fevral kuni Xitoyning Shinjen shahrida futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo kubogi ikkinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi indoneziyalik raqiblarini 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.
“Oq boʻrilar” mazkur gʻalaba orqali ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va “C” guruhida 2-oʻrinni egalladi. Bu Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoaning muddatidan oldin musobaqa chorak finalini naqd qilganini anglatadi.
Vakillarimiz uchinchi tur oʻyinlarini 19-fevral kuni guruh yetakchisi Eronga qarshi oʻtkazadi. Hozircha eronlik yoshlar ham guruhda 6 ochko toʻplagan, biroq ular toʻplar nisbati boʻyicha Oʻzbekistonni ortda qoldirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring