Osiyo Kubogi saralash tizimi tubdan oʻzgaradi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) musobaqalar qoʻmitasining yanvar oyidagi qaroriga koʻra, 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi saralash tizimi tubdan oʻzgaradi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, endi alohida saralash bosqichi oʻtkazilmaydi. Uning oʻrniga mintaqaviy federatsiyalar (masalan, CAFA) musobaqalari Osiyo Kubogiga yoʻllanma beruvchi turnir sifatida belgilanadi.
Xususan, CAFA U-17 chempionati Markaziy Osiyo jamoalari, jumladan Oʻzbekiston uchun Osiyo Kubogi–2027 musobaqasiga yoʻllanma olishda asosiy saralash vazifasini bajaradi.
Shuningdek, CAFA turniri orqali 3 ta terma jamoa Osiyo Kubogining final bosqichiga yoʻl olishi ham alohida taʼkidlangan. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi ushbu musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring