Oʻsimlik yogʻi narxi oshishining sababi maʼlum qilindi

23:41 10 Aprel 2021 Iqtisodiyot
2226 0

Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ichki bozorda oʻsimlik yogʻi narxlari keskin oshgani bilan bogʻliq vaziyatni oʻrgandi.

Qayd etilishicha, ichki bozorlarda narxlar keskin oʻsishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va oʻtgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq boʻlishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan boʻlgan qoʻshni davlatlarda kungaboqar yogʻi va urugʻi eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham taʼsir etdi.

Oʻz navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yogʻi va urugʻi narxlarining oshishi mahalliy paxta yogʻi narxlariga ham bevosita oʻz taʼsirini koʻrsatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер