Ortiqxoʻjayevga yangi oʻrinbosar tayinlandi

21:06 28 Yanvar 2021 Jamiyat
1030 0

Mahmudxoʻjayev Furqat Sidiqxoʻjayevich Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari - Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Uzoq yillar davomida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yuritib kelgan Mahmudxoʻjayev Furqat Sidiqxoʻjayevich ushbu lavozimda ish boshladi.

Furqat Mahmudxoʻjayev 1965-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1989-yil Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Koʻp yillar davomida Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi boʻlib ishlagan. 2019-yil fevral oyidan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari - matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер