Ortiqxoʻjayev ijara beruvchilardan “arenda” pulini vaqtincha talab qilmay turishlarini soʻradi

21:25 10 Aprel 2020 Jamiyat
950 0

arxiv foto

Karantin sabab aksariyat aholi moddiy taʼminotidan ayrildi. Poytaxtda yashaydigan aksariyat aholi esa ijarada turishini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ijaraga beruvchilarga murojaat bilan chiqda.

“Bugungi kun barchamiz uchun sinov. Ana shunday sinovli kunlarda barchamiz bir-birimizni har qachongidanda koʻproq qoʻllab-quvvatlab, yordamimizga muhtoj kishilarga qoʻl choʻzishimiz, ogʻirini yengil qilib, koʻmak berishimiz kerak.

Kuch birlikda! Bugun bir boʻlib, jipslashib, dunyo gardaniga tushgan dardni yengishimiz shart.

Shahrimizda ijarada yashayotgan fuqarolarimiz bor. Ular orasida olis manzildan kelib yashayotganlar ham bor. Ular bugun karantin qoidalariga rioya qilgan holda,oʻz oilalari bagʻridan uzoqda, ijara uylarda yashashmoqda. Ular orasida karantin sababli, vaqtincha ishlamayotganlari ham bor. Bunday sharoitda albatta, ularga oson tutib boʻlmaydi. Bir tomondan ijara pulini toʻlash, bir tomondan oilalarini ehtiyot qilish, roʻzgʻor tebratish masʼuliyati yelkalarida turibdi.

Shu bois, men ijara beruvchilarga shunday sinovli kunlarda sabrli boʻlib, ularning holatini toʻgʻri baholashlarini, ijara pulini vaqtincha talab qilmay turishlarini soʻragan boʻlardim. Vaqtinchalik toʻlanmagan ijara haqqi esa keyinchalik toʻlab berish sharti bilan ijarada turuvchi fuqarolarga taqdim etilsa, fikrimcha, adolatli boʻladi. Sinovli kunlarda oʻzaro ishonch, hamjihatlik ham juda muhim.

Shuni bilingki, bu kunlar unutiladi, ammo yaxshilik unutilmaydi!” deydi poytaxt hokimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер